«Barselona» futbol klubi 2029-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki hujjatlarni rasman taqdim etdi. Klub bu jarayonda Barselona shahar kengashi va Kataloniya hukumati bilan hamkorlik qilmoqda.
Taqdim etilgan hujjatlar UEFA’ga «Spotify Camp Nou» stadionining talablarga muvofiqligini baholash imkonini beradi. To‘liq va yakuniy ariza 2026-yilning iyun oyida, jarayonning hal qiluvchi bosqichida topshirilishi kutilmoqda. Klub bayonotida taklif hali UEFA’ning tasdig‘iga bog‘liqligi ta’kidlangan.
Klub e’lonidan oldin Barselona shahar ma’muriyati arizani ma’qullab, «Mezbon shahar kelishuvi»ni imzolagan. Kataloniya hukumati ham ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, uni 2029-yil uchun «eng kuchli variant» deya ta’rifladi.
UEFA avvalroq 2028 va 2029-yilgi finallar uchun turli federatsiyalardan 15 ta qiziqish...