Ekologiya qo‘mitasi «Yashil makon» umum milliy loyihasida faol ishtirok etayotgan shaxslar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish tartibini belgiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Shu jumladan, kamida 100 ta daraxt ko‘chatlarini ekkan shaxs yoki «Yashil xayriya jamg‘armasi» platformasiga kamida 10 mln so‘m xayriya qilgan fuqaroga «Ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Bu maqom loyihada faol ishtirok etayotgan shaxslarni rag‘batlantirish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan.
Kamida 1 mingta daraxt ko‘chatlarini ekishni tashkil qilgan yoki platformaga kamida 100 mln so‘m hissa qo‘shgan tadbirkorlarga «Ekohamkor» maqomi beriladi. Shu bilan birga, tadbirkorlarga ushbu maqomdan faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi. Biroq, Ekologiya qo‘mitasi tasdiqlamagan holda eko-faoliyat...