Farg‘ona viloyatida qarz va onlayn qimor sabab kelib chiqqan mojaro qotillik bilan yakunlandi. Sud 18 yilga qamoq jazosi tayinladi, deya xabar berdi 3-aprel kuni «Ovoza» informatsion dasturi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli erkak bir necha oy davomida onlayn qimor o‘yinlariga berilib ketgan va buning uchun atrofdagilardan qarz olib kelgan. U tanishlaridan birining ishonchiga kirib, undan ham bir necha bor pul olib, jami 15 million so‘m qarzdor bo‘lib qolgan.
Qarz o‘z vaqtida qaytarilmagani sabab ular o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Voqea kuni erkak tanishini go‘yoki pulni qaytarish bahonasida uchrashuvga chorlab, birga yo‘lga chiqqan.
Yo‘l davomida u avtomobil ichida jabrlanuvchiga pichoq bilan hujum...