2026-yilning yanvar – mart oylarida O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7 foizga oshdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Dildora Xashimova ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida respublikada jami 23 mlrd 317 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 1 mlrd 471 mln kVt/soatga ko‘p. Shu davrda iste’molchilarga 20 mlrd 163 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan 262 mln kVt/soatga, ya’ni 1 foizga oshgan.
Energetika sohasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari va yangi generatsiya quvvatlarining ishga tushirilishi tizim barqarorligini oshirmoqda. Bu esa aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz elektr...