Fransiyaning Parij shahrida «Oltin to‘p – 2025» topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
«PSJ» klubi hujumchisi Usmon Dembele 2025-yilgi «Oltin toʻp» sohibiga aylandi. Dembele oʻtgan mavsum parijliklar bilan birgalikda toʻrtta sovrin qoʻlga kiritdi, jumladan, UEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Shuningdek, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida finalga qadar yetib bordi.
Dembele ushbu nom uchun kurashda Lamin Yamaldan oʻzib ketdi.
«Barselona» vingeri Lamin Yamal esa eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan «Kopa Trofi» sovrinini qoʻlga kiritdi. Desire Due, Joau Nevesh, Estevao va Kenan Yildiz kuchli beshlikdan joy oldi.
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Biroq mutaxassisning oʻzi marosimga kela olmadi. Chunki...