Namangan aeroportida $140 mlnlik investitsiya hisobiga yangi yo‘lovchi terminali barpo etilmoqda. Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurib, hudud rivoji va aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Mavjud aeroport turistlar oqimini qabul qilishda kichiklik qilayotgani bois, 3 qavatli yangi terminal qurilmoqda. U ishga tushgach, yo‘lovchi tashish quvvati 2,5 baravar oshadi. Zamonaviy chegara nazorati va viza bo‘limlari, biznes zali, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot xonasi hamda Duty free do‘konlari yo‘lovchilar xizmatiga taqdim etiladi.
Shu bilan birga, aeroportda kuniga 50 tonna yuk qabul qilish imkoniyatiga ega yirik kargo terminali ham qurilmoqda. U orqali 90 ta mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport yo‘lga...