Jeep kompaniyasi an’anaviy Easter Jeep Safari oldidan oltita yangi konseptni taqdim etdi. Tadbir bu yil 60-marta o‘tkaziladi.
Modelar Mopar Jeep Performance Parts bilan hamkorlikda yaratilgan. Ular brendning 85 yilligiga bag‘ishlangan. Asosiy yangiliklardan biri – Wrangler Anvil 715. U klassik 60-yillar uslubida ishlab chiqilgan. Kapoti ostida 6,4 litrli V8 motor bor.
XJ Pioneer esa eski Cherokee asosida qayta tiklangan. Dizayni saqlangan, lekin texnikasi yangilangan. Gladiator Red Rock off-road uchun mo‘ljallangan pikap. U katta g‘ildiraklar va yuk tizimi bilan ajralib turadi.
Wrangler Buzzcut esa yorqin rang va sport uslubga ega. U qisqartirilgan tom va agressiv dizayn bilan taqdim etildi.
Grand Wagoneer...