MiraBox tomonidan ishlab chiqilgan yangi MiraBox K1W klaviaturasi Kickstarter platformasida namoyish etildi. Ushbu qurilma o‘ziga xos dizayni va funksiyalari bilan ajralib turadi.
Klaviatura yarim shaffof korpusda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda 6 ta dasturlashtiriladigan tugma mavjud. Eng qiziq jihati, har bir tugma kichik LCD ekran bilan jihozlangan. Foydalanuvchilar bu ekranlarda matn, ikonka yoki animatsiyalarni chiqarib, ularni tezkor buyruqlar uchun qulay yorliqlarga aylantirishi mumkin.
Sozlamalar maxsus dastur o‘rnatmasdan, veb-interfeys orqali amalga oshiriladi. Unda makroslar yaratish, murakkab buyruqlarni sozlash va tugmalar dizaynini o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
Qurilma turli servislar bilan integratsiyani ham qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, Spotify bilan ulanganida tugmalar musiqa boshqaruv paneliga aylanadi...