Samsung kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan A seriyaning eng so‘nggi modeli — Samsung Galaxy A56 imkoniyatlari va ishlash tezligi bilan ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. «Kursiv» nashrining ushbu maqolasida modelda uchraydigan muammo va kamchiliklar haqida so‘z boradi.
Maqola mundarijasi
Ishlash tezligi va qizish Displey va ergonomika Kamera imkoniyatlari Batareya, zaryad va komplektatsiya Dasturiy ta’minot, aloqa va multimediaIshlash tezligi va qizish
Galaxy A56 5G’ning asosiy kuch manbai — 4 nm texnologiya asosida yaratilgan Exynos 1580 chipidir. Qurilma turli bozorlarda RAM va ichki xotira variantlari bilan taqdim etiladi. Kundalik foydalanishda smartfon...