Sony kompaniyasi taqdim etgan yangi «O‘rgimchak odam: Yangi Kun» filmi treyleri, bosh qahramon sifatida Tom Holland bilan, 1,1 milliarddan ortiq ko‘rilish yig‘ib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.
Treyler birinchi 24 soat ichida 718,6 million tomosha to‘plagan va avvalgi rekordni, «Deadpool va Rosomaxa» treylerining 365 millionini ortda qoldirgan. Hozirgi kunda treyler nafaqat filmlar, balki video o‘yinlar orasida ham eng ko‘p ko‘rilgan bo‘lib, GTA VI treylerini ham ortda qoldirdi.
Shuningdek, treylerda filmdagi asosiy voqealar ham ochiqlandi: Piter Parker organik veb-shuterlar hosil qiladi, bu mutatsiya belgisi bo‘lishi mumkin. Bruklin ko‘prigidagi sahnada qahramon kokondan chiqadi, bu komiksdagi The Other...