G7 mamlakatlarining moliya vazirlari juma kuni o‘tkazilgan telefon muloqotida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. AQSh o‘z ittifoqchilarini Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlarga qarshi tarif joriy etishga chaqirdi.
Kanada moliya vaziri Fransua-Filipp Shampan raisligida o‘tgan yig‘ilish G7 mamlakatlarining Rossiyaga bosimni kuchaytirish bo‘yicha yangi choralarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Kanadaning bayonotida aytilishicha, vazirlar muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga yo‘naltirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib olgan. Yangi sanksiyalar, jumladan tariflarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent va AQSh savdo vakili Jeymison Grir yig‘ilishdan so‘ng tarqatilgan qo‘shma bayonotida ittifoqchilarni Rossiya neftini sotib olayotgan mamlakatlarga qarshi tariflarga...