Yangi avtomobillar narxining oshishi va daromadlar o‘sishining sekinlashuvi ko‘plab haydovchilarni mashinalarini uzoqroq muddatda ishlatishga majbur qilmoqda. Shu bois iSeeCars.com tahliliy resursi 400 ming km.dan ortiq yo‘l bosishga qodir bo‘lgan avtomobillar reytingini aniqladi.
Natijalarga ko‘ra, reytingning yetakchilari Toyota’ning pikap va yo‘ltanlamas modellari bo‘ldi. O‘rtacha avtomobilning 400 ming km ga yetish ehtimoli 8,6 foiz bo‘lsa, ayrim Toyota modellari bu ko‘rsatkichni to‘rt barobar oshirib berdi.
Reytingda o‘ninchi o‘rinda Chevrolet Silverado 1500 (18,8%), to‘qqizinchi o‘rinda esa Lexus GX (20,7%) qayd etildi. GX ro‘yxatdagi yagona premium-segment avtomobili bo‘ldi.
Yettinchi o‘rinda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Toyota Avalon (22%) turibdi. Shu bilan u «uzoq umrli» mashinalar orasida...