Xitoyda Hyundai Elexio EO elektromobili uchun oldindan buyurtmalar ochildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Elexio EO Hyundai’ning E-GMP (Electric Global Modular Platform) platformasida yaratilgan birinchi sof elektromobildir. Model Qualcomm Snapdragon SA8295P chipi bilan jihozlanadi va CLTC bo‘yicha maksimal 722 km masofaga ega.
Avtomobil dizayni «H» harfining Mors kodi (to‘rtta nuqta) ilhomidan olingan bo‘lib, 152 ta LED elementdan iborat kvadrat shaklli faralar va ularni birlashtiruvchi yorug‘lik chizig‘i bilan ajralib turadi. Yon tomondan esa tom chizig‘i B-ustundan keyin pastga egilib boradi, eshik tutqichlari yashirilgan, D-ustun esa orqa tomondagi rangli element bilan uyg‘unlashgan.
Orqa qismda yuqoriga o‘rnatilgan segmentli tormoz chirog‘i va tomga...