Realme o‘zining Narzo 80 liniyasini yangi model – Narzo 80 Lite 5G smartfoni bilan to‘ldirdi. Qurilma budjet toifasidagi bo‘lishiga qaramay, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va yaxshi texnik xususiyatlarga ega. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Smartfonga 6,67 dyuymli HD+ (1604×720) o‘lchamdagi 120 Gts yangilanish chastotasiga ega LCD displey o‘rnatilgan. Uning maksimal yorqinligi 625 nitga yetadi. Narzo 80 Lite 5G MediaTek Dimensity 6300 chipi asosida ishlaydi. 4 yoki 6 GB tezkor, 64 yoki 128 GB doimiy xotira bilan taqdim etiladi. Shuningdek, 12 GB gacha virtual xotirani kengaytirish imkoniyati ham mavjud.
Smartfon 6000 mA·soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. U 15 vattli...