Crocs kompaniyasi Lego bilan birgalikda brendning mashhur kublari shaklida yangi poyabzal kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.
Xaridorlarga poyabzal qizil va sariq ranglarda taklif qilinadi. Har bir juft poyabzal narxi $150 bo‘lib, har bir juft bilan birga miniatur Crocs kiygan kichik Lego figuri beriladi.
Yangi kolleksiya savdosi 16-fevraldan boshlanadi. Shu paytgacha moda olamida mashhur eston musiqachisi Tommi Kesh Parij moda haftaligida ushbu poyabzalni sinab ko‘rgan.