Hukumat qaroriga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi institut nazariy fizika yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ma’rifiy faoliyatni amalga oshiradi. Xususan, kvant maydon nazariyasi, subatom fizika, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar hamda dinamik tizimlar muammolari bo‘yicha ilmiy anjumanlar tashkil etish institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Shuningdek, institut oliy ta’lim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda ko‘maklashadi. Bundan tashqari, fizika sohasi rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar...