Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik tobora kuchaymoqda. Isroil harbiy-havo kuchlari Golan tepaliklari ustida sharqdan kirib kelgan navbatdagi shubhali dronni urib tushirgan. Bu haqda Times of Israel xabar bermoqda.
Eron harbiylari havo hujumi orqali faollashmoqda. Bu hodisa so‘nggi bir soat ichida Isroil havo hududiga kirishga uringan uchinchi dron bo‘ldi. Golan tepaliklaridagi Alonei Habashan hududida to‘rtinchi dron xavfi haqida ogohlantirish berilgan.
Isroil Eron ichkarisiga yangi hujumlar boshlagani haqida ham xabarlar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Mashhad shahrida yuz bergan aviazarbadan so‘ng osmonni qoplagan qora tutun aks etgan videolar paydo bo‘ldi. Bu hujumlar joriy to‘qnashuvlar boshlanganidan beri Eron hududiga uyushtirilgan eng chuqur zarbalar sifatida...