Qashqadaryoda o‘zi soliq qarzdorligini to‘lamasdan, cheklov o‘rnatilgan MChJ faoliyatini tiklab berishga urinib pora undirganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, viloyatining Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi, ilgari sudlangan, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro 360 mln so‘mlik soliq majburiyatlarini bajarmagan. Shu sababli u g‘isht ishlab chiqaruvchi MChJ Iqtisodiy sud hukmiga asosan soliq qarzlarini to‘lamagani uchun moliyaviy jihatdan bankrot deb topilgan korxonaga nisbatan qo‘yilgan cheklovni tanish lavozimdagi shaxslar yordamida bekor qildirgan. Mazkur faoliyatni qayta yo‘lga qo‘yish evaziga esa korxona rahbaridan $4 ming miqdorida pora talab qilgan.
Davlat xavfsizligi xizmati va boshqa tegishli huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor...