BYD kompaniyasining yuqori darajadagi BYD Yangwang U7 elektromobili 2025-yil 29-may kuni Xitoyda ommaviy ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qilmoqda.
Yangwang U7 – BYD kompaniyasining yuqori toifali elektromobillariga mo‘ljallangan Yangwang brendi ostida ishlab chiqarilgan uchinchi avtomobilidir. Ilgari kompaniya U8 SUV va U9 superkarini taqdim etgan edi. Yangi sedan o‘zining kuchli texnik ko‘rsatkichlari, zamonaviy dizayni va ilg‘or haydovchi yordam tizimlari bilan ajralib turadi.
BYD ushbu modelni, birinchi navbatda, Xitoy ichki bozoriga taqdim etmoqda. Yangwang U7 modelining boshlang‘ich narxi 628,000 yuan (taxminan $87 ming ) deb belgilangan.
Elektromobil 135,5 kVt·soat sig‘imli «blade» tipidagi LFP batareyasi bilan jihozlangan. CLTC...