16-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 18–23°C, kunduz kuni esa 30–35°C atrofida bo‘lishi kutiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
16-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab harorat kechasi 18–23°C, kunduz kuni esa 30–35°C atrofida bo‘lishi kutiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
O‘zbekiston va Qozog‘iston aviatsiya ma’murlari muntazam aviaqatnovlar sonini keskin oshirishga kelishib oldi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Toshkent – Olmaota va Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishlarida haftasiga 42 tagacha, boshqa yo‘nalishlarda esa 14 tagacha reys bajarish mumkin bo‘ladi. Umumiy ruxsat etilgan parvozlar chastotasi haftasiga 238 taga yetadi.
Shuningdek, muntazam parvozlar uchun manzillar soni kengaytiriladi. Bu esa ikki davlat o‘rtasida transport qulayligini oshiradi, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaydi hamda turizm rivojiga xizmat qiladi.
Tomonlar havo qatnovlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.
Hindistonning Kashmir mintaqasida kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan to‘satdan toshqin va ko‘chkilar kamida 60 kishini hayotdan olib ketdi, 200 dan ortiq kishilar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, qutqaruvchilar belkurak va maxsus texnikalar yordamida vayronalar ostidan tirik qolganlarni izlamoqda.
Fojia Kishtvar tumanidagi Chasoti qishlog‘ida yuz berdi. Bu yerda mashhur Machail Yatra ziyorati oldidan yig‘ilgan sayyohlar to‘satdan kelgan suv oqimi va loy massasi ostida qolgan. Hodisa natijasida 100 dan ortiq kishilar jarohat olgan.
Shuningdek, Nepal va Pokistonda ham so‘nggi kunlarda kuchli yomg‘irlar, toshqin va ko‘chkilar yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Nepalda 41 kishi, Pokiston shimolida esa...
15-avgust kuni qabul qilingan qonun bilan jinoyat jarayonida majburlov choralarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, ammo u O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan asossiz ravishda yashirinishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, chiqish huquqi vaqtincha cheklanadi.
Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi bunday chora qo‘llash bo‘yicha asoslarni ko‘rsatgan holda iltimosnoma kiritadi. Sud uni yopiq majlisda 8 soat ichida ko‘rib chiqadi va qaror chiqaradi. Qaror ustidan 48 soat ichida shikoyat yoki protest berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvini ta’minlash xarajatlari...
Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlaridan birining boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroga Qirg‘izistondan olib kelingan 80 dona iPhone 16 telefonini rasmiylashtirmasdan o‘tkazib berish evaziga $5 ming va bitta iPhone 16 Pro talab etgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida bojxona organlari podpolkovnigi porani olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Afrosiyob»ga to‘siq qo‘ygan temiryo‘lchilar 12 va 13 yilga qamalgan edi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari 1–3-avgust kunlari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik nazorat reydlarini o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, tadbirlar davomida 13 ta huquqbuzarlik aniqlanib, jami 82,4 million so‘m jarima belgilandi.
Mazkur hudud mamlakatdagi eng yirik suv-botqoq ekotizimlaridan biri bo‘lib, ko‘plab baliq va qush turlari yashash joyi hisoblanadi. Nazorat ishlari noqonuniy baliq ovlash va brakonyerlikning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, kelgusida ham davom ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshishi haqida yozgan edi.
«Vatanga qaytarish» insonparvarlik aksiyasi doirasida Polshada mushkul ahvolga tushgan vatandoshlarimiz yurtga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Elchixona va faol vatandoshlar yordami bilan toshkentlik fuqaro va uning onasi xorijdagi davolanishdan so‘ng O‘zbekistonga yetib keldi. Shuningdek, Telegramdagi yolg‘on va’dalarga ishonib hujjatlaridan ayrilgan Toshkent viloyatilik 21 yoshli fuqaro ham vatanga qaytarildi.
Qaytgach ularga tegishli davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishi haqida yozgan edik.
Jenevada plastik ifloslanishga qarshi dunyodagi ilk global shartnomani ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 180 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etgan yig‘ilishda ishlab chiqarishni cheklash va zaharli kimyoviy moddalarni bosqichma-bosqich yo‘q qilish masalalari bo‘yicha keskin kelishmovchilik yuzaga keldi.
Saudiya Arabistoni va Rossiya kabi yirik neft-gaz ishlab chiqaruvchi davlatlar cheklovlar o‘rniga qayta ishlash va qayta foydalanishga e’tibor qaratishni taklif qildi. Ko‘plab davlatlar esa plastik ishlab chiqarishni kamaytirmasdan inqirozni hal etib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Olimlar plastikning inson salomatligi va atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazayotganini, qayta ishlash darajasi esa global miqyosda 10% dan kamligini ma’lum qildi...
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida «Maxsustrans»ning moliyaviy ahvoli yomonligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022–2023-yillarda korxonaning zarari 45 milliard so‘mni tashkil qilgan. Shuningdek, shaharda chiqindi uchun konteynerlar yetishmaydi va moliyaviy muammolar tufayli chiqindi olib chiqish grafigi ham buzilgan.
Hokim muammoni hal qilish uchun raqamlashtirish zarurligini ta’kidladi. Misol sifatida u «Toza Poytaxt» platformasini keltirdi. Bu tizim chiqindi olib chiqish jadvalini nazorat qilish imkonini beradi va sentabr boshidan boshlab poytaxtning barcha tumanlarida ishga tushiriladi.
Uning yordamida 34 turdagi maxsus texnika xarid qilingan, yonilg‘iga uch milliard so‘m tejalgan va chiqindi mashinalari haydovchilarining ish haqi to‘rt milliard so‘mdan sakkiz...
Chevrolet Uzbekistan yangi model haqida tizerni e’lon qildi. Ushbu model 10 kundan keyin namoyish etiladi.
Kursiv Uzbekistan kompaniya bilan bog‘langanda, kompaniya qaysi model taqdim etilishi haqida ma’lumotlarni ochiqlamadi. Ammo saytda shunday yozildi:
Yangi darajadagi quvvat va hashamat birlashgan model yaqinlashmoqda. Uning silueti ortida – kuch, texnologiya va mukammal dizayn uyg‘unligi. Bu oddiy avtomobil emas – bu yangi tajriba, yangi hayot ritmi.
Avvalroq Kursib Uzbekistan yangilangan Chevrolet Tracker global savdoga chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Toshkentdagi «Jar» stadionida Toshkent klubining deyarli butun tarkibi halok bo‘lgan 1979- yilgi aviahalokat qurbonlariga bag‘ishlangan «Paxtakor-79» xotirasiga bag‘ishlangan o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Rossiya futboli afsonalari o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
«Paxtakor-79» xotira uchrashuvi
Unda Birodar Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston va Rossiya afsonalari terma jamoalari maydonga tushdi. O‘yinda o‘tgan yillarning mashhur futbolchilari: Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimov, Baxtiyor Ashurmatov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov, Ravshan Ermatov, Aleksandr Mirzoyan, Rinat Dasayev, Dmitriy Alenichev, Valeriy Shmarov, Yegor Titov va Sergey Kiryakov ishtirok etishdi.
Foto: UFA
Birinchi bo‘lim – teng o‘yin
Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi. Jamoalar faol hujum uyushtirib, tanaffus arafasidayoq o‘zaro...
Xiaomi kompaniyasi tomonidan 20 dollarlik powerbank sotuvga chiqarildi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Qurilma 10 000 mA/soat sig‘imga ega bo‘lib, 67 vattgacha tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy afzalligi – ichki USB-C kabel. Qurilmada zaryad foizi va holatini ko‘rsatadigan ekran mavjud. Xiaomi 15 Pro smartfonini 30 daqiqada 70% gacha zaryadlay oladi. Kirish quvvati 65 vattgacha yetadi.
Ichida uchta 3400 mA/soatli batareya elementi joylashgan. Ko‘plab zaryadlash protokollarini qo‘llaydi, shu jumladan kompyuter, smartfon, planshet, soat va naushniklar uchun. Past tok rejimi ham bor.
Ikki port: USB-C va USB-A orqali bir vaqtning o‘zida uchta qurilmani zaryadlash mumkin. Ekran batareya foizi, zaryad holati...
O‘zbekiston milliy terma jamoasi endilikda 7SABER sport liboslarida mamlakat sharafini himoya qiladi. Bu haqda UFA ma’lum qildi.
Yangi forma dizayni milliy ramzlar va zamonaviy sport texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan bo‘lib, futbolchilar uchun yengil va qulay materiallardan tayyorlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimining sanasi va joyi aniq bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar – iyul oylarida 14 ta xorijiy davlatga qiymati $18,8 millionlik 23,4 ming tonna o‘rik eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Taqqoslash uchun, 2024-yilning yanvar – avgust oylarida Oʻzbekiston 14 ta davlatga qiymati qariyb $62,3 mlnga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich ancha pasaygan. Shunga qaramasdan o‘tgan yildagi TOP – 3 ta importchilar bu yilda ham o‘z joyini saqlab qolgan.
Joriy mavsumda eng ko‘p o‘rik Rossiya (17,1 ming tonna), Qozog‘iston (4,3 ming tonna) va Qirg‘izistonga (1,2 ming tonna) yetkazib berilgan. Shuningdek, Ukraina (0,3 ming tonna), Belarus...
Tecno yangi Tecno Spark Go 5G smartfonini taqdim etdi. Qurilma 6000 mA·soat sig‘imli batareya va 18 Vt quvvatli zaryadlashga ega. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
6,74 dyuymli HD+ ekrani 120 Gts yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon Android 15 va HiOS 15 interfeysida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi besh yil davomida silliq ishlashni va’da qilmoqda. Qurilma MediaTek Dimensity 6400 protsessorida ishlaydi, 4/128 GB xotiraga ega, RAM hajmini virtual ravishda yana 4 GB kengaytirish mumkin.
Asosiy kamera 50 MP, old kamera 5 MP. Spark Go 5G IP64 himoyaga, yon tomondagi barmoq izi skaneriga va AI funksiyalariga ega.
O‘lchamlari 167,74×77,7×7,99 mm, og‘irligi 194 g. Narxi...
Iyul 2025-yilda Qozog‘istonda 20 165 dona yangi yengil va tijorat avtomobili sotildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10,6 foiz ko‘pdir, deb xabar berdi Qozog‘iston Avtomobilchilar Ittifoqi. Yil boshidan beri esa jami 125 034 ta avtomobil sotilgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 23,4 foizga yuqori.
Brendlar orasida iyul oyida yetakchi Chevrolet bo‘ldi — 4048 dona avtomobil sotildi (+70,4%). Hyundai ikkinchi o‘ringa tushdi: 3713 dona (-14,4%). Uchinchi o‘rinda Kia — 2170 dona (+11,9%). Keyingi o‘rinlarda Jetour (1321 dona, +26,7%) va Chery (1138 dona, -17%).
Model reytingida birinchi o‘rinda Chevrolet Cobalt — 3417 dona. Undan keyin Hyundai Tucson (1211 dona) va Kia Sportage...
O‘zbekistonda turli mahsulotlarga ekologik yig‘im joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
Birinchi bosqichda ekosbor batareyalar va akkumulyatorlar, avtomobillar, moylash materiallari, qadoqlar, shinalar va rezina kameralar, shuningdek, shisha buyumlar uchun belgilanishi taklif etilmoqda.
Har yili mamlakatda 14 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi, ammo uning atigi besh foizi qayta ishlanadi.
Bundan avval Toshkentda maishiy chiqindilarni olib chiqish jarayoni to‘liq raqamlashtirilishi haqida yozgandik.
Unga ko‘ra, hokimlikdagi yig‘ilishda yangi «Toza Poytaxt» dasturiy ta’minoti tanishtirildi.
Ushbu tizim orqali chiqindi yig‘ish texnikalari mahallabay va belgilangan grafik asosida jalb etiladi. Jarayonda Ekologiya vazirligi...
Bugun, 15-avgust kuni dollar kursi 34,59 so‘mga pasayib, 12 547,38 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Valyuta birjasi xabar bermoqda.
Dollar kursining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 32,88 so‘mga tushib, 14 665,38 so‘mni, rubl esa 0,73 so‘mga pasayib, 157,02 so‘mni tashkil qildi.
Yevro va rubl valyutasining so‘nggi besh kunlikdagi o‘zgarishi
Quyida yevro va rubl kurslarining o‘zgarishi bo‘yicha jadval keltirilgan:
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.
Wuling Motors besh yil ichida 1,7 millioninchi Hongguang MINIEV elektromobilini ishlab chiqardi. Model 2020-yilda taqdim etilgan bo‘lib, arzon elektromobillar bozorida yangi segment yaratdi.
2025-yil yanvariga kelib, sotuvlar 1,5 mlndan oshgan. MINIEV oilasiga Macaron, Gameboy va uchinchi avlod versiyalari kiradi. 2025-yil fevralida esa kompaniya ushbu to‘rt eshikli modelini $6200dan boshlab taqdim etgaan.
Yangi versiya 3256×1510×1578 mm o‘lcham, 2190 mm g‘ildirak bazasi va 205 km yurish zaxirasiga ega. 30 kVt quvvatli motor tezkor zaryadlashda 30–80% quvvatni 35 daqiqada to‘ldiradi.
Hongguang MINIEV past narxi va amaliyoti bilan kichik elektromobillar segmentida yetakchilikni saqlab qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Camaro 1000 ot...
Bugun, 15-avgust kuni elektron savdoda boshlang‘ich narxi 500 million so‘m etib belgilangan mobil raqam 850 million so‘mga sotildi. Bu haqda Tovar xom-ashyo birjasining mobil raqamlar onlayn savdosida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu savdo 8-avgust kuni soat 12:16 da boshlanib, 15-avgust 12:26 da yakunlangan. Ushbu raqam +998 91 000 00 00 bo‘lib, jismoniy shaxs tomonidan xarid qilindi.
Auksion jarayonida keyingi eng yaxshi taklif 900 million so‘mni tashkil qilgan. Savdoda vositachilik yig‘imi 27 million so‘m, zakalat miqdori esa 50 million so‘m bo‘lib, umumiy to‘lov summasi 77 million so‘mni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yil 20-mart kuni onlayn-auksionda mobil telefon raqami 1,07 milliard...
Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi besh yillik batafsil dastur asosida amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur dastur uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish tizimi (PforR) orqali $150–$200 million miqdorida xorijiy mablag‘lar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, prezident qarori bilan 2025–2026-yillarda Qoraqalpog‘istonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 6–6,5 foizga, sanoat ishlab chiqarishini 5–6 foizga, bozor xizmatlari hajmini esa 15–17 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Bundan avval Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim oilalarga ichimlik suvini ta’minlash xarajatlari uchun subsidiya berilishi haqida xabar bergandik.
Ma’lum qilinishicha, subsidiya turarjoyda artezian qudug‘i qazish, suv nasoslari hamda ichimlik...
Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girtsdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda Saidov telegram kanalida ma’lum qildi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi imkoniyatlarni ikki tomonlama va mintaqaviy darajada rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.
«Janob Elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va mamlakatimizdagi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz», — deya qayd etgan Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Fransiyaning O‘zbekistonidagi elchisi faoliyatini yakunlagani haqida yozgan edi.
«Umra – 2025/2026» mavsumining birinchi guruhi Toshkent xalqaro aeroportidan Jidda shahriga uchib ketdi. Bu haqda O’zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, safarga jami 240 nafar ziyoratchi yo‘l oldi. Ular dastlab Madina shahrida uch kun, so‘ngra Makka shahrida yetti kun bo‘ladi. Madinada Grand Shahba mehmonxonasida, Makkada esa Al-Ayyam Elite va Marmara Hotel mehmonxonalarida yashashadi. Ular kuniga uch mahal issiq ovqat, shirinlik va yangi mevalar bilan ta’minlanadi.
Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblar, malakali shifokorlar hamrohlik qiladi. Bundan tashqari, safar davomida Makka va Madinadagi muborak joylar ziyorat qilinadi, shuningdek, Jidda shahrida Qizil dengiz bo‘yiga sayohat ham...
Telegram platformasi 12 yilligiga bag‘ishlab taqdim etilgan cheklangan kolleksion sovg‘alar rekord tezlikda sotildi. Bu haqda Pavel Durov ma’lum qildi.
Uning yozishicha, eng talabgir ikki mahsulot — Durov’s Sunglasses va Resistance Dog atigi 15 soniyada xarid qilindi.
Cheklangan oltita kolleksiyadan jami 965 ming dona mahsulot uch daqiqadan kam vaqtda sotilib, messenjerga $11 milliondan ortiq daromad keltirdi.
Eng qimmat sovg‘a Durov’s Sunglasses 30 ming Stars (100 Starts narxi 25 ming 399 so‘m) qiymatida bo‘lib, 5 ming dona ishlab chiqarildi va faqat Premium foydalanuvchilarga taqdim etildi. Resistance Dog esa 5 ming Stars narxda 20 ming dona bilan cheklangan edi. Har ikkisi...