Shavkat Mirziyoyev bitiruvchi yoshlarni samimiy tabriklab, ularga kelajakda ulkan kuch va muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tabrikda, oltin va kumush medal sohiblari ta’limda va jamoat ishlarida o‘zlarini namoyon qilganliklari uchun alohida e’tirof etildi.
Bugungi kunda mamlakatda yoshlarning ilmiy va kasbiy rivojlanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 201 ta oliy ta’lim muassasasi, 598 ta texnikum, innovatsion markazlar va boshqa ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ta’lim tizimining sifatini oshirish, bitiruvchilarga tanlov imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi dasturlar va elektron platformalar joriy etilmoqda.
Mirziyoyev yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, izlanish va mehnatdan to‘xtamaslik zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, halol...