Hambi superilovasi foydali xizmatlarni birlashtirish va rivojlantirish orqali o‘z ekotizimini takomillashtirishda davom etmoqda. Bugungi kunda superilova oylik faol foydalanuvchilari soni 4,3 millionga yetdi. Yangilanishlar bir nechta yo‘nalishlarni qamrab oladi: teletibbiyot, sport va ta’lim. Teletibbiyot tizimidagi konsultatsiyalarga foydalanuvchilar aloqa operatoridan qat’i nazar ulanishlari mumkin. O‘z- o‘zini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar uchun superilova video tahrirlashdan tortib sun’iy intellekt bilan ishlashgacha bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirish kurslarini taklif etadi.
DAVO teletibbiyot xizmati yarim yil ichida 2025-yil aprel oyida oyiga 170 000 foydalanuvchiga yetdi (MAU, Monthly Active Users, oylik faol auditoriya). Tibbiy konsultatsiyalar kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun – navbatsiz, klinikalarga bormasdan va istalgan uyali aloqa...