Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygohlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda oxirgi yetti yil ichida oliy ta’limga qabul 4,5 baravar oshib, qamrov 42 foizga yetgan bo‘lsa-da, kadrlar tayyorlash tizimi real ehtiyojlarga mos emasligi ta’kidlandi.
Masalan, yiliga 20 ming avtomobil ishlab chiqarayotgan BYD zavodida 100 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud. Ularning to‘rtdan biri – robototexnika va bo‘yoqlash, robotlarni dasturlash bo‘yicha muhandislar.
Kadrlar yetishmagani sababli esa zavodga xorijdan 80 nafar mutaxassis jalb etilgan. Zavod 4-5 yil ichida to‘liq quvvatga o‘tib, yiliga 500 mingta avtomobil ishlab chiqara boshlasa, to‘rt ming nafar oliy malakali kadr talab etiladi.