O‘zbekiston Markaziy banki REPO operatsiyalarida davlat qimmatli qog‘ozlari bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalarni ham qabul qila boshladi. Yangi tartib tijorat banklari uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu haqda Markaziy bank vakillari mediamuloqot doirasida ma’lum qildi.
Markaziy bank Monetar operatsiyalar departamenti direktori o‘rinbosari Humoyun Usmonaliyevning ma’lum qilishicha, REPO operatsiyalarida qabul qilinadigan qimmatli qog‘ozlar ro‘yxati – «lombard ro‘yxati» kengaytirildi. Endilikda ro‘yxatga Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasining obligatsiyalari ham kiritildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir instrument uchun risk darajasidan kelib chiqib to‘g‘rilash koeffitsiyenti belgilanadi. Masalan, ipoteka obligatsiyalariga 10%, korporativ obligatsiyalarga esa 20% chegirma koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya’ni bozor qiymati 10 mlrd so‘m bo‘lgan ipoteka obligatsiyalari...