Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi mehmonxonada mushuklarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan 33 yoshli shaxs 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.
Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismiga asosan aybdor deb topdi. Mazkur modda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lib, ularning o‘limiga yoki jarohatlanishiga sabab bo‘lganlik uchun 15 sutkagacha qamoq jazosini nazarda tutadi.
Ikkinchi ayblanuvchi – 30 yoshli shaxs ham mushuklarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan va ularga qurol bilan o‘q uzgan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 220−1-moddasi (qurolni noqonuniy olib kirish) bo‘yicha 10 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi. Ushbu...