Huawei kompaniyasi o‘zining ilk HarmonyOS operatsion tizimi bilan ishlaydigan kompyuterini taqdim etdi. Bu qurilma MateBook Pro noutbuki bo‘ldi. Bu haqda Huawei Central nashri xabar berdi.
Huawei tomonidan taqdim etilgan yangi qurilmaning korpusi mat teksturaga ega bo‘lib, rang sxemasi esa kulrang-ko‘k. Orqa panelda Huawei’ning kumush rangli logotipi joylashgan.
MateBook Pro o‘ng yuqori burchakda joylashgan tugmachani o‘z ichiga oladi, bu tugma faqat yoqish tugmasi emas, balki barmoq izi skaneri sifatida ham ishlaydi. Qurilma USB-C porti orqali 140 Vt quvvatda zaryad olishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, noutbuk Huawei smartfonlarini ulab, ma’lumotlarni uzatish imkonini beradi va Windows tizimidagi qurilmalardan ma’lumotlarni import qilishni ham qo‘llab-quvvatlaydi...