Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan xalqimizga samimiy tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbari o‘z tabrigida urushda jonini fido qilgan ajdodlarimizni yodga olib, ularning qahramonligi, matonati va xalqimizning insonparvarlik fazilatlarini alohida ta’kidladi. Bugungi tinch hayot uchun fidokorona kurashganlar oldida doimo qarzdor ekanligimizni uqtirdi.
«Keyingi yillarda jonkuyar olim va mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlari tufayli Ikkinchi jahon urushi tarixining yangi sahifalari bilan tanishmoqdamiz.
Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga...