Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi Microsoft bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv doirasida brend o‘z avtomobillariga MB.OS operatsion tizimini o‘rnatadi. Bu haqda Motor1 portali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, MB.OS tizimiga Microsoft Intune va Microsoft Teams servislaridan tashqari, sun’iy intellekt asosidagi 365 Copilot tizimi ham o‘rnatiladi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi avtomobillar endi to‘liq ish maydoniga aylanadi. Ya’ni haydovchi rulda o‘tirgan holda ovozli chat tizimi orqali xabarlarga avtomatik javob berishi va videokonferensiyalarda ishtirok etishi mumkin.
Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu funksiya avtomobilda harakatlanayotgan holatda ham ishlaydi. Ammo yo‘l-transport hodisasidan himoya qilish maqsadida videokonferensiyadagi tasvir yo‘lda avtomatik o‘chiriladi va faqat audio ma’lumotlar uzatiladi. Bu esa haydovchining...