O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Tashqi ishlar vaziri (TIV) rahbari Sergey Lavrov bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya diplomatiyasi rahbari jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Hozirda Rossiya investitsiyalari O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Savdo aylanmasi bo‘yicha biz O‘zbekistonning umumiy ko‘rsatkichlarining qariyb 18 foizini egallab turibmiz», – dedi u.
Shuningdek, rossiyalik investorlar respublikada $38,7 mlrdlik (3,2 trillion rubl) 115 ta loyiha ustida qo‘shimcha ish olib bormoqda. Lavrov ularni amalga oshirish masalalarini Mirziyoyev va o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan muhokama qildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri energetika sohasi bo‘lib...