Chevrolet Damas o‘zbekistonliklar eng tanlaydigan ikkinchi avtoulov bo‘lib, u odatda odam va yuk tashishga mo‘ljallanadi. (yanvar – may oylarida 22,4 mingta Damas sotilgan.) Shu bilan birga, u zamonaviy avtomobillarga xos ko‘plab texnik va qulaylik kamchiliklariga ega. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida Chevrolet Damas avtomobilining kamchiliklari haqida so‘z boradi.
Chevrolet Damas o‘zi qanday mashina
Chevrolet Damas – O‘zbekistonda 1996-yildan beri ishlab chiqarilayotgan ixcham tijorat modelidir. Uning 0,8 litrli dvigateli 38 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi atigi ~100 km/soatni tashkil etadi. Uzunligi 3,845 m, balandligi esa 1,920 m bo‘lgan Damas keskin burilishlarda ham barqaror bo‘lishi ta’minlangan. Uning ayni paytdagi...