CNET nashri 35 ta smartfon modeli ishtirokida o‘tkazilgan batareya sinovlari natijalarini eʼlon qildi. Bu haqda nashrning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Test ikki bosqichda amalga oshirildi: dastlab uch soat davomida Wi-Fi orqali maksimal yorqinlikda video translyatsiya qilindi, so‘ngra 45 daqiqalik intensiv yuklama – o‘yinlar, videoqo‘ng‘iroqlar va ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanish sinovdan o‘tkazildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, eng yuqori avtonomlik ko‘rsatkichini iPhone 17 Pro Max namoyish etdi. Ushbu model $5088 mA·soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.
Asosiy e’tibor esa bazaviy iPhone 17 natijasiga qaratildi. U umumiy reytingda OnePlus 15 bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishdi. Qizig‘i shundaki, iPhone 17 batareyasi...