Shavkat Mirziyoyev bugun, 3-fevral kuni suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda bu texnologiyalar joriy qilingan maydonlar 2,6 million gektarga yetib, sug‘oriladigan yerlarning 60 foizini qamrab oldi. Natijada har yili 2,5 milliard kub metr suv tejalmoqda.
Taqdimotda qamrovni yanada kengaytirish rejalari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2028-yilgacha suv tejovchi texnologiyalar 930 ming gektar maydonda o‘rnatilib, umumiy qamrov 3,5 million gektarga, ya’ni sug‘oriladigan yerlarning 80 foiziga yetkaziladi. Bu yiliga 3,5 milliard kub metr suvni iqtisod qilish, 300 ming gektar yerning suv ta’minotini yaxshilash va takroriy...