OnePlus kompaniyasi yangi Ace 6 smartfonining to‘liq texnik tavsiflarini e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Modelning taqdimoti keyingi haftada o‘tkazilishi kutilmoqda. Smartfon 6,83 dyuymli 1,5K+ o‘lchamdagi displeyga ega bo‘lib, 165 Hz yangilanish chastotasini, Dolby Vision, HDR Vivid va HDR10+ texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Pikov yorqinlik 1800 nit, PWM chastotasi esa 2160 Hz bo‘ladi.
Qurilma Snapdragon 8 Elite protsessorida ishlaydi. 7800 mA/soat sig‘imli batareya 120 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi va 2000 marta zaryadlangach ham 80 foiz sig‘imini saqlab qoladi.
Asosiy kamera 50 MP’lik sensor bilan jihozlangan bo‘lib, unga 8 MP keng burchakli obyektiv qo‘shilgan. OnePlus Ace 6 ultratovushli ekrandan o‘qiladigan...