Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S26 oilasini chiqarish strategiyasini tubdan o‘zgartirdi. Ice Universe ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi ishlab chiqarish partiyasining 73,5 foizi ya’ni 4,9 mln qurilmadan 3,6 mln donasi Galaxy S26 Ultra modeliga ajratildi.
Shu bilan birga, Galaxy S26 va S26 Plus mos ravishda 700 va 600 ming dona ishlab chiqariladi. Oldingi avlodlarda Ultra modeli o‘rtacha 50 foiz hajmni tashkil qilgan.
Bunday keskin nisbat Samsung’ning kichik modellarga bo‘lgan talab pastligini kutayotgani bilan izohlanadi. Galaxy S26 Ultra yangi avlod Flex Magic Pixel OLED texnologiyasi va Privacy Display funksiyasi bilan ajralib turadi. Sun’iy intellekt yordamida ekran burchaklaridan qarashni cheklab, faqat egasiga to‘liq...