Threads ijtimoiy tarmog‘ida $15 ming budjet bilan avtomobil tanlash mavzusi keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Maqolada foydalanuvchilarning Malibu va Elantra haqidagi real fikrlari haqida so‘z boradi.
Chevrolet Malibu
Chevrolet Malibu’ni tanlaganlar uni tezkorligi va tashqi ko‘rinishi uchun maqtab, biznes-klassga kirish eshigi sifatida ta’riflashadi. 2.0 turbo dvigatel ko‘pchilikka yoqadi, avtomobil dinamikasi esa asosiy ustunlik sifatida tilga olinadi. Shu bilan birga, egalari sifatli moy va yuqori oktanli benzin ishlatishni qat’iy tavsiya qiladi.
Biroq tanqidchilar likvidlik masalasini oldinga surmoqda. Ularning fikricha, Malibu’ni keyinchalik sotish qiyin, shu sababli u mablag‘ni «muzlatib qo‘yishi» mumkin. Aynan shu jihat ko‘plab foydalanuvchilarni ikkilanib qolishga majbur qilgan.