Mehnat jarayonidagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga oid yagona tizim yaratiladi. Bu haqda davlat rahbari kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uchrashuvda mehnat jarayonida sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar bo‘yicha yagona elektron tizim yo‘qligi qayd etildi. Shu sababli, mas’ul vazirliklarga kasaba uyushmalari bilan birgalikda ushbu hodisalar hisobini yuritish, sabablari va yechimlarini tahlil qilish tizimini ishlab chiqish hamda hukumatga taklif kiritish topshirildi.
Kasaba uyushmalari so‘nggi besh yil ichida korxonalarda 152 mingta qonunbuzarlik holatini aniqlagan. Shu bilan birga, uch yil davomida sudlarda 48 mingdan ortiq mehnat nizolari ko‘rib chiqilgan. Prezident bu borada kasaba uyushmalarining ish beruvchi va...