24-yanvardan boshlab Markaziy bank obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishiga oid yangi tartib kuchga kirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, Markaziy bank obligatsiyalarni ikkilamchi bozorda, jumladan likvidlikni tartibga solish maqsadida REPO bitimlarida oldi-sotdi predmeti sifatida joylashtirish huquqiga ega bo‘ldi. Endilikda obligatsiyalarni joylashtirishdan tortib, ularni so‘ndirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar moliya bozorining alohida infratuzilmalari orqali amalga oshiriladi.
Xususan, obligatsiyalarni saqlash va hisobga olish Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi tomonidan, ularning muomalasi Valyuta birjasi orqali, hisob-kitoblar esa Milliy kliring markazi (markaziy kontragent ishtirokida) yoki markaziy kontragentsiz holda Markaziy depozitariy yoxud Markaziy bank orqali bajariladi. Ushbu yondashuv xalqaro amaliyotga mos...