Rossiyada smartfonlar narxi yaqin oylar ichida sezilarli oshishi kutilmoqda. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar fevral oyidan boshlab smartfonlar uchun xarid narxlarini 15 – 30 foizga oshirishini ma’lum qilgan. Bu haqda Izvestiya xabar berdi.
Yangi narxlar bo‘yicha xarid qilingan qurilmalar do‘kon peshtaxtalarida mart va aprel oylarida paydo bo‘lishi kutilmoqda. Buni yirik savdo tarmoqlari va elektronika distribyutorlari vakillari tasdiqlamoqda. Narxlar oshishi turli brend va modellarni qamrab oladi. Bu turli hajmdagi tezkor va doimiy xotiraga ega ommabop smartfonlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Asosiy sabab sifatida smartfonlarda qo‘llaniladigan xotira chiplarining global tanqisligi ko‘rsatilmoqda. Mutaxassislar eng avvalo nisbatan arzon qurilmalar segmenti ko‘proq zarar ko‘rishini kutmoqda. Chunki aynan...