AQSh Milliy avtomobil yo‘llari harakati xavfsizligi boshqarmasi 44 mingdan ortiq Volkswagen ID.4 elektromobillarini chaqirib olish jarayonini boshladi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Sabab sifatida yuqori kuchlanishli akkumulyator tizimidagi ehtimoliy nosozliklar ko‘rsatildi, ular batareyaning qizib ketishi va yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Birinchi chaqirib olish 2023 – 2024-yillarda ishlab chiqarilgan 670 ta avtomobilni o‘z ichiga oladi. Ayrim batareya modullarida elektrod siljishi aniqlangan bo‘lib, bu yong‘in xavfini oshiradi. Egalariga zaryadlashni 80 foiz bilan cheklash, tezkor doimiy tok orqali zaryadlashdan saqlanish va zaryaddan so‘ng avtomobilni ochiq havoda qoldirish tavsiya etildi. Volkswagen nosoz modullarni bepul almashtirishni rejalashtirmoqda.
Ikkinchi chaqirib olish...