2026-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 236 704 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilikni saqlab qolmoqda – 4,38 mln kishi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona (4,22 mln) va Qashqadaryo (3,72 mln) viloyatlari egallagan. Andijon viloyatida 3,521 mln, Namangan viloyatida esa 3,2 mln kishi istiqomat qilishi qayd etilgan.
Toshkent shahri aholisi 3,178 mln kishiga yetib, Toshkent viloyati ko‘rsatkichidan (3,160 mln) bir oz oshdi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati 3 mlnlik dovonni bosib o‘tib, 3,11 mln kishini tashkil etgan. Buxoro viloyatida 2,107 mln, Xorazm viloyatida 2,69 mln va Qoraqalpog‘iston...