Xorazmda tibbiyot birlashmalari pullik xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolardan 230 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ undirgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi o‘z o‘rganishlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2023 – 2024-yillar hamda 2025-yil 1-iyulgacha bo‘lgan davr bo‘yicha Yangibozor va Gurlan tumani tibbiyot birlashmalarida iste’molchilar huquqlari buzilgani qayd etildi.
Tekshiruvlarda Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi 39 mingga yaqin iste’molchiga qariyb 2 mlrd so‘mlik, Gurlan tumani tibbiyot birlashmasi esa 120 mingga yaqin bemorga 3 mlrd so‘mga yaqin pullik xizmat ko‘rsatgan. Shu jarayonda xizmat narxiga qo‘shimcha soliq qo‘shish hamda bemorlar foydalanmagan dori vositalari narxini ham umumiy hisobga qo‘shib yuborish holatlari aniqlangan.
Umumiy hisobda 160 mingga...