Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yer maydonlaridan foydalanish jarayonida korrupsion amaliyotlar aniqlanib, ushbu holatlar bo‘yicha ikki jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Birinchi holatda, Toshkent viloyati hokimligining investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi, Toshkent shahrida xususiy faoliyat yurituvchi notarius yordamchisi, 1980-yilda tug‘ilgan rieltor va 1996-yilda tug‘ilgan shaxs tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan fuqaroni aldab, uning ishonchiga kirgan.
Ular Chirchiq shahrida joylashgan va ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi MChJ balansidagi 8,5 gektar yer maydonini fuqaroga $6,8 mlnga sotish, shuningdek, ushbu hududga elektr, gaz, oqova suv va qurilish ishlari uchun kerakli texnik shartnoma va ruxsatnomalarni taqdim...