Donald Tramp ma’muriyatidagi asosiy shaxslardan biri, kadrlar tanlovi va tekshiruviga mas’ul bo‘lgan Serxio Gor tug‘ilgan joyi borasida yolg‘on ma’lumot bergani fosh bo‘ldi. Avvaliga o‘zini Malta orolidan chiqqan muhojir deb tanishtirgan Gor aslida O‘zbekistonda tug‘ilgan ekan. Bu haqda Times of Malta nashri rasmiy hujjatlarga asoslanib xabar berdi.
38 yoshli Serjio Gor uzoq vaqt davomida o‘zini O‘rta yer dengizidagi quyoshli orol – Malta fuqarosi deb ko‘rsatib kelgan. Ammo Malta rasmiylari uning tug‘ilganligi haqida hech qanday yozuvga ega emasliklarini ma’lum qilishgan. Gor esa bu savollardan qochib, faqatgina: «Men Rossiyada tug‘ilmaganman», degan javob bilan cheklangan.
Jurnalistlar Gor 1986-yil 30-noyabrda Toshkentda tug‘ilganini aniqlashdi. Onasi...