2025-yil 30-iyundan boshlab Polshada to‘liq ish haqi saqlangan holda to‘rt kunlik ish haftasi tajriba tariqasida joriy etiladi. Bu tashabbus xodimlar hayot sifatini oshirish, ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanat yaratish hamda demografik inqirozga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Yangi tizimga ko‘ra, ish beruvchilar xodimlarga bir nechta variantni taklif etish imkoniga ega bo‘ladi:
haftalik ish kunlarini 4 kungacha qisqartirish; kundalik ish soatini 6 soatgacha kamaytirish; yoki qo‘shimcha pullik ta’til kunlarini berish.Ish beruvchilar ish vaqtini tashkil etish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Standart 5 kunlik ish haftasi saqlanib qolishi mumkin, lekin bu dam olish kunlari bilan qoplash...