O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish o‘sishi ko‘rsatkichi yil sayin pasaymoqda. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2025-yilning yanvar – may oylarida jami 156 mingdan ortiq yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.
Shu davrda Cobalt markali avtomobillardan 58 904 dona ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4% ga ko‘p bo‘lsa-da, model bo‘yicha ishlab chiqarish o‘sishida 2022-yildan boshlab sezilarli pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.
2025-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda 18 079 dona Tracker avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 6,2% ga kamayganini ko‘rsatadi. O‘tgan yili shu davrda 19 279 dona Tracker ishlab...