Jetour kompaniyasi yangi Zongheng G700 modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri xabar bermoqda.
Kompaniya PHEV off-road savdo litsenziyasiga ariza topshirdi. U BYD Yangwang U8 modeliga raqib bo‘lishi kutilmoqda.
Zongheng G700 off-road uslubidagi kvadrat shaklda ishlab chiqilgan. Uning uzunligi 5198 mm, eni 2050 mm, balandligi 1956 mm. G‘ildiraklar bazasi 2870 mm, yerdan balandligi esa 320 mmni tashkil etadi.
Tashqi ehtiyot g‘ildirak orqada joylashgan. Eng og‘ir variantining og‘irligi 3180 kg. Eng ko‘p tortish quvvati 2500 kg.
Uskuna Chery kompaniyasining Kunpeng CDM-O gibrid tizimiga asoslangan. Umumiy quvvati 560 kVt (751 ot kuchi), aylanish momenti 795 Nmni tashkil etadi. Tizimda...