Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
2025-yil may oyida Samarqandda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Turli darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar soni barqaror oshib borayotgani ta’kidlandi. Hududlararo aloqalar, jumladan Lombardiya bilan hamkorlik rivojlanmoqda, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari uchun tartibli mehnat migratsiyasi kvotalari ajratilgan.
«Finopera», «ANCI», «Pietro Fiorentini», «Danieli» va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik sanoat kooperatsiyasi loyihalari...