Moldovada 28-sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida hukmron proyevropa Harakat va birdamlik (PAS) partiyasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 49,6% ovoz to‘pladi. Bu haqda DW ma’lum qildi.
PAS natija bo‘yicha taxminan 53 va undan ortiq mandatga ega bo‘lishi kutilmoqda, bu unga koalitsiyasiz hukumat tuzish imkonini beradi.
Ikkinchi o‘rinni Patriotik blok (PSRM, kommunistlar va Moldovaning kelajagi) — 24,5% egalladi. Alternativa — 8%, Renato Usatiyning Bizning partiya — 6,2%, Vasiliy Kostyukning Uyda demokratiya — 5,6% natija bilan parlamentga o‘tmoqda.
Saylovlarda ovoz berganlarning umumiy soni 1,6 mln kishini tashkil etdi. Bu esa ro‘yxatdagi saylovchilarning 52 foizini tashkil qiladi. Ichki hududlar uchun 2,77 mln dona, diasporaga esa...