O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri yuzasidan fuqarolar orasida turli savollar paydo bo‘lmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi mazkur jarayon soliqqa tortish yoki tekshiruv o‘tkazish bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
Qo‘mitaning tushuntirishicha, ayrim fuqarolar uy-joyi yoki chorva soni haqidagi ma’lumotlar keyinchalik ortiqcha soliqqa sabab bo‘lishidan xavotir bildirgan. Biroq rasmiylarga ko‘ra, bunday holatlar mutlaqo yuz bermaydi va ro‘yxatga olish jarayonida to‘plangan barcha ma’lumotlar qonun asosida maxfiy saqlanadi.
Statistika qo‘mitasi bayonotida ta’kidlanishicha, savolnomalarda keltirilgan javoblar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi hamda soliqqa tortish yoki tekshiruv o‘tkazish uchun foydalanilmaydi. Ushbu ma’lumotlar faqat umumiy statistik tahlil uchun xizmat qiladi va alohida shaxs yoki...