Eron janubidagi Minob shahrida boshlang‘ich maktabga uyushtirilgan zarba oqibatida halok bo‘lgan 165 nafar o‘quvchi qiz va maktab xodimlari uchun dafn marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Eron rasmiylariga ko‘ra, hodisa shanba kuni AQSh va Isroil tomonidan amalga oshirilgan qo‘shma hujumlar doirasida sodir bo‘lgan. Zarba janubdagi Minob shahridagi qizlar maktabiga berilgani aytilmoqda.
Eron davlat televideniyesi minglab odamlar Minob markaziy maydoniga to‘planganini namoyish etdi. Motam ishtirokchilari mamlakat bayroqlarini ko‘targan, ayrimlar esa halok bo‘lgan o‘quvchilarning suratlarini ushlab turgan. Marosim davomida AQSh va Isroil siyosatiga qarshi shiorlar yangradi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi ushbu hujumda AQSh va Isroilni ayblab...